Skip to main content
Article

KO'CHKINCHIXONNING "YUMSHOQ KUCH" SIYOSATI: ILK ABULXAYRIYLAR DAVRIDA MAFKURA VA LEGITIMATSIYA MUAMMOLARI

O'ktam SultonovOriental studies named after Abu Rayhan Beruni institute
ABI

Abstract

Abulxayriylar (Shayboniylar) sulolasining XVI asr boshida, Movarounnahrda hokimiyatni egallashi masalasiga qaratilgan tadqiqotlar anchagina. Lekin ularning aksariyati bir qarashda Shayboniyxon boshchiligidagi Abulxayriylar Movarounnahrdagi tarqoq va kuchsiz Temuriylarni yengib, boshqaruvni qo‘lga olgan, degan sodda xulosani beradi. Aslida chingiziynasab Abulxayriylarning taxtni qo‘lga kiritishi va hokimiyatga egaligini qaytadan (!) qonuniylashtirishini dastlab oddiy xalq va siyosiy elita oson qabul qilmagan. Ana shunday vaziyatda Abulxayriylarning Movarounnahrni egallash bo‘yicha qarashlari turlicha edi. Ilk yillarda “qattiq kuch” (hard power) siyosati yuritilib, mintaqa harbiy kuch bilan egallandi. Lekin 1512-yil G‘ijduvon jangidagi siyosiy-harbiy g‘alaba Abulxayriylarning mahalliy va xalqaro maydondagi siyosatni qayta ko‘rib chiqishga imkon berddi. Bu jarayon ayniqsa oliy hukmdor – xon deb e’lon qilingan Ko‘chkinchixon b. Abulxayrxon (h.y. 1512–1529) yuritgan yumshoq kuch (soft power) siyosatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Maqola Ko‘chkinchixon hukmronligi davrida hokimiyatni mustahkamlash va taxtga egalikni qonuniylashtirish yo‘lida yumshoq kuch vositalaridan (nasab, ilm-fan, adabiyot, til, san’at) qanday foydalangani yoritishga bag‘ishlangan. Jumladan, Ko‘chkinchixonning Chingizxon va Amir Temurga avlodlik da’volari, yangi davlatning til siyosati masalalari tahlil qilingan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references