Skip to main content
Article

O'ZBEK TILIDAGI INGLIZCHA BORROWINGSLARNING USLUBIY QATLAMGA TA'SIRI: NEYTRAL, NOSTANDART VA KOLLEKVIAL BIRLIKLAR

Madinaxon AbdullayevaFarg`ona davlat universiteti
ABI

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tiliga ingliz tilidan kirib kelgan o‘zlashma birliklarning uslubiy qatlamga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda inglizcha borrowingslarning zamonaviy o‘zbek tilidagi funksional xususiyatlari, ayniqsa neytral, nostandart va kollekvial nutqda qo‘llanishi masalalari o‘rganiladi. Tadqiqot materiali sifatida ommaviy axborot vositalari, internet matnlari, ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar hamda yoshlar nutqi namunalaridan foydalanildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, inglizcha o‘zlashmalar nafaqat o‘zbek tilining lug‘at tarkibini boyitmoqda, balki uning uslubiy tizimida ham yangi qatlamlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa internet va raqamli kommunikatsiya muhiti inglizcha birliklarning faol qo‘llanishini tezlashtirmoqda. Tadqiqot natijalari inglizcha borrowingslarning o‘zbek tilida turli uslubiy vazifalarni bajarishini va ularning til tizimidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references