XVI ASRDA O'RTA OSIYONING XALQARO SAVDODAGI ISHTIROKI
Abstract
Annotatsiya. Buyuk ipak yo‘lining transkontinental ahamiyatining boy berishi bilan O‘rta Osiyo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro savdoda ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa-da, ushbu yo‘lning mahalliy tarmoqlari orqali bevosita va bilvosita tarzda O‘rta Osiyo-Yevropa savdo aloqalari olib borilgan. Shuningdek, o‘tkir zehnli, zukko, uddaburon savdogarlar orqali ikki mintaqa mahalliy mahsulotlari tayyorlash teznikasi hunarmandlar tomonidan o‘zlashtirilishi orqali ishlab chiqarish integratsiyasini vujudga keltirdi. Yevropa bozorlariga chiqarilgan mahsulotlarni asosiy qismini yuqori sifatida ega, yuksak qadrlanadigan tarixiy mato, buyum, ishlab chiqarish mahsulotlari tashkil etdiki, uning asosiy xaridori Yevropaning yuqori tabaqa vakillari bo‘ldilar. O‘zaro savdo aloqalari va muloqotlar Yevropaliklarning O‘rta Osiyo davlatchiligi haqidagi tafakkur dunyosining boyishiga xizmat qilgan.
Not yet translated