Skip to main content
Article

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA INTERFAOL METODLAR ASOSIDA TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH (Zomin shahri 75-umumiy o'rt ta'lim maktabida olib borilgan amaliyot asosida)

Fotima IslamovaNordic International UniversityFotima HoshimovaNordic International University
ABI

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari hamda ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri empirik tadqiqot asosida tahlil qilingan. Tadqiqot Jizzax viloyati Zomin shahri 75-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan pedagogik amaliyot jarayonida amalga oshirildi. Tadqiqot doirasida interfaol metodlar (“aqliy hujum”, kichik guruhlarda ishlash, rolli o‘yinlar, savol-javob) asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlash qobiliyati va kommunikativ ko‘nikmalariga ta’siri o‘rganildi. Kuzatuv va pedagogik monitoring natijalari interfaol yondashuv qo‘llanilgan darslarda o‘quvchilarning faolligi o‘rtacha 20-25% ga oshganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi yetarli emasligi hamda o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligida muayyan kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari interfaol metodlarning boshlang‘ich ta’limda samarali pedagogik vosita ekanligini tasdiqlaydi va ularni tizimli joriy etish zarurligini asoslaydi. Maqolada ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references