FANLARARO INTEGRATSIYA ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINFLARDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH YO'LLARI (Xiva tumani 9-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi tajribasi misolida)
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida fanlararo integratsiya asosida ta’lim sifatini oshirishning nazariy-metodik asoslari hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Xorazm viloyati Xiva tumani 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida pedagogik eksperiment sifatida tashkil etilgan. Tajriba davomida ona tili, matematika va tabiiy fanlar integratsiyasi asosida ishlab chiqilgan integratsiyalashgan darslar amaliyotga joriy qilingan. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, fanlararo integratsiya o‘quvchilarning bilimlarni tizimli qabul qilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash hamda mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda fanlararo integratsiyani tizimli joriy etish ta’lim sifatini oshiruvchi muhim pedagogik omil ekanligini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Not yet translated