QISHLOQ MAKTABLARIDA TA'LIM SAMARADORLIGIGA INFRATUZILMA VA ICHKI MOTIVATSIYANING TA'SIRI (Boshlang'ich sinf misolida)
Abstract
Mazkur maqolada qishloq hududlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar infratuzilma holati, zamonaviy texnologik ta’minot hamda o‘quvchilarning ichki motivatsiyasi o‘zaro bog‘liqlikda ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-sinfida o‘tkazilgan pedagogik kuzatuv va eksperimental tahlillar asosida amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, infratuzilma yetishmovchiligiga qaramay, o‘quvchilarning ichki motivatsiyasi yuqori darajada saqlanib qolgan bo‘lib, bu ta’lim samaradorligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ushbu motivatsiyani yanada kuchaytirib, o‘quv natijalarini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
Not yet translated