BOSHLANG'ICH TA'LIMDA FANLARARO INTEGRATSIYA VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLARNING SAMARADORLIGI (Jizzax viloyati Zomin tumani "Iqtidorlilar" xususiy maktabi tajribasi misolida)
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida fanlararo integratsiya va zamonaviy pedagogik metodlarning qo‘llanilishi hamda ularning o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Iqtidorlilar” xususiy maktabida pedagogik kuzatuv, tajriba-sinov ishlari va didaktik tahlil metodlari asosida amalga oshirilgan. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan va interaktiv metodlar bilan uyg‘unlashtirilgan darslar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri, mustaqil fikrlashi, ijodiy faoliyati hamda ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’limda fanlararo integratsiya va zamonaviy metodlarni tizimli joriy etish ta’lim sifatini oshiruvchi muhim pedagogik omil ekanligini ilmiy jihatdan asoslaydi.
Not yet translated