BADIIY TARJIMADA HISSIY MAZMUN MUAMMOSI VA EMOTSIONAL ELEMENTLARNING TRANSFORMATSIYASI
Abstract
Badiiy matn tarjimasi jarayonida muallif nutqidagi hissiy-emotsional elementlarni saqlab qolish tarjimon oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki badiiy asar qahramonlarining hissiy holati, ularning ruhiy kechinmalari va voqelikka bo‘lgan subyektiv munosabati aynan tilning emotsional-ekspressiv vositalari orqali ifodalanadi. Tarjima jarayonida semantik ma’no ko‘pincha nisbatan to‘liq saqlanib qolishi mumkin bo‘lsa-da, stilistik va emotsional komponentlar qisman o‘zgarishi yoki yo‘qolishi ehtimoli mavjud. Ushbu maqolada badiiy matnlardagi hissiy-emotsional elementlarning tarjimada qanday transformatsiyalarga uchrashi, ularning yo‘qolish sabablari va tarjimada adekvatlikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy metoddan foydalanilib, badiiy dialoglar va qahramon nutqidagi emotsional birliklarning asl va tarjima variantlari solishtiriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, emotsional birliklar ko‘pincha leksik-semantik o‘zgarishlar, pragmatik moslashtirish yoki stilistik kompensatsiya orqali tarjima qilinadi. Shu bilan birga, ayrim hollarda emotsional intensivlik darajasi pasayib ketishi yoki butunlay yo‘qolishi mumkin. Tadqiqot natijalari badiiy tarjimada emotsional adekvatlikni ta’minlash uchun pragmatik va stilistik strategiyalardan foydalanish muhimligini ko‘rsatadi.
Not yet translated