Kibermakondagi firibgarlik turlari va ulardan himoyalanishning zarurati, tajribasi, ahamiyati
Abstract
Annotatsiya Ushbu maqolada zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan kibermakondagi firibgarlik muammosi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Xususan, kiberfiribgarlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning asosiy turlari, amalga oshirish mexanizmlari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari chuqur o‘rganiladi. Maqolada phishing, smishing, vishing, carding, moliyaviy piramida, ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlik kabi keng tarqalgan kiberjinoyat turlari ilmiy jihatdan tasniflanadi. Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati shundaki, kiberfiribgarlikning yuzaga kelish sabablari, jumladan, raqamli savodxonlik darajasining pastligi, axborot xavfsizligi madaniyatining yetarli shakllanmaganligi, texnologik taraqqiyotning tezligi va nazorat mexanizmlarining cheklanganligi kabi omillar atroflicha yoritiladi. Shuningdek kiberfiribgarlikka qarshi kurashish faqat texnik choralar bilan cheklanib qolmasdan, balki huquqiy, tashkiliy va ma’rifiy yondashuvlarni ham o‘z ichiga olishi lozim. Mazkur maqola kiberxavfsizlik sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, talabalar hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kalit so’zlar: kiberfiribgarlik, kiberjinoyatchilik, phishing, vishing, smishing, carding, moliyaviy piramida, kiberxavfsizlik.
Not yet translated