Skip to main content
Article

Mahalla jamoat tizimi asosida keksa yoshdagilar uchun jismoniy-dam olish mashg'ulotlari: nazariy va metodologik asoslarning rivoyat-integrativ sharhi

ABI

Abstract

Dolzarbligi: Aholining qarishi XXI asrning eng sezilarli global demografik tendensiyalaridan biri bo'lib, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti prognoziga ko'ra 2050-yilga kelib 60 yosh va undan katta odamlar soni 2,1 milliardga yetishi kutilmoqda. O'zbekiston Respublikasida o'rtacha umr ko'rish davomiyligi erkaklar uchun 73, ayollar uchun 77,5 yoshga yetib, keksa aholining ijtimoiy-biologik faolligini saqlash davlat ahamiyatidagi vazifaga aylandi. Shunga qaramay, mahalla instituti negizida keksalar uchun jismoniy tarbiya–sog'lomlashtirish ishlarini tashkil etishning nazariy-metodik asoslari xalqaro ilmiy adabiyotlarda yetarli darajada o'rganilmagan. Maqsad: Mahalla jamoatchiligi negizida keksa aholi uchun jismoniy tarbiya–sog'lomlashtirish ishlarining nazariy-metodik asoslarini ochib berish va dalillarga asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Materiallar va usullar: Narrativ-integrativ adabiy sharh metodologiyasi qo'llanildi. PubMed, Scopus, Web of Science, Google Scholar, eLibrary.ru va CyberLeninka bazalarida 2010–2025 yillardagi nashrlar izlandi; qo'shimcha ravishda O'zbekiston Respublikasining me'yoriy-huquqiy hujjatlari va rasmiy statistik hisobotlari tahlil qilindi. Aniqlangan 127 ta manbadan 42 tasi kiritish mezonlariga javob berib, sintezga kiritildi. Natijalar: Beshta organ tizimi bo'yicha qarishning biomarkerlari tizimlashtirildi; to'rtta dalillangan jismoniy faollik turi (aerob, kuch, koordinatsion, stretching) va uch fazali mashg'ulot tuzilmasi asoslandi. "Mahalla ligasi" dasturi (2025) doirasida 2 million dan ortiq ishtirokchi ro'yxatdan o'tgan, 1,6 million (82%) faol qatnashgan. Xulosa: Mahalla tizimi keksa aholining jismoniy va ijtimoiy faolligini saqlash, shuningdek sarkopeniya, yiqilish va erta qarishning oldini olish uchun samarali jamoatchilik platformasi hisoblanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references