RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SHAROITIDA MEDIADA AXBOROT ISTE'MOLI TRANSFORMATSIYASI (BBC NEWS VA KUN.UZ MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida axborot iste’moli jarayonlarining transformatsiyasi IMRAD modeli asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning kirish qismida raqamli medianing nazariy asoslari, uning an’anaviy ommaviy axborot vositalariga ta’siri hamda auditoriya xulq-atvoridagi o‘zgarishlar yoritildi. Adabiyotlar sharhi doirasida raqamli media konvergentsiyasi, mediatizatsiya, innovatsiyalar diffuziyasi va tarmoq jamiyati nazariyalari asosida ilmiy qarashlar umumlashtirildi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida qiyosiy tahlil, kontent tahlili va kuzatuv usullaridan foydalanildi. Empirik tadqiqot obyektlari sifatida BBC News va Kun.uz internet nashrlari tanlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamli muhitda auditoriya passiv iste’molchidan faol subyektga aylangan.
Not yet translated