Skip to main content
Article

PODSHIPNIK-VAL TIZIMIDA PODSHIPNIKLAR DUMALASH ELEMENTLARI ORASIDA YUKLANISHNING TAQSIMLANISHI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada podshipnik-val tizimida dumalash elementlari orasida yuklanishning taqsimlanishi masalasi ko‘rib chiqilgan. Radial yuklama ta’sirida yuklanishning dumalash elementlari orasida notekis taqsimlanishi, yuklangan zona xususiyatlari va eng ko‘p yuklanadigan elementlar aniqlangan. Elastiklik nazariyasiga asoslanib, kuch va siljishlar orasidagi bog‘lanishlar tahlil qilingan hamda muvozanat shartlari orqali umumiy reaksiya kuchi ifodalangan. Hisoblash va tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuklanish asosan ayrim dumalash elementlarida jamlanadi, burchak ortishi bilan esa yuklanayotgan elementlar soni kamayadi va yuklanishning ta’siri ortadi. Shuningdek, reaksiya kuchining o‘zgarishi aniqlanib, uning podshipnik ishiga sezilarli ta’siri baholangan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references