Skip to main content
Article

IJTIMOIY TADBIRKORLIK MODELLARINI AN'ANAVIY BIZNESGA INTEGRATSIYALASH

ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada ijtimoiy tadbirkorlik modellarini an’anaviy chakana savdo biznesiga integratsiyalash imkoniyatlari “SSS” nomli kichik savdo do‘koni misolida tahlil qilingan. Tadqiqotda an’anaviy foyda yo‘naltirilgan biznes modeli bilan ijtimoiy yo‘naltirilgan (chegirma va rag‘batlantirishga asoslangan) model o‘rtasidagi farqlar o‘rganilib, ularning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi baholangan. Moliyaviy tahlil doirasida investitsiya samaradorligi ko‘rsatkichlari - sof joriy qiymat (NPV), investitsiya qaytish muddati (Payback Period) va pul oqimlari hisoblangan. Natijalar loyihaning iqtisodiy jihatdan foydali ekanligini va qisqa muddatda o‘zini oqlashini ko‘rsatgan. Shuningdek, ijtimoiy tadbirkorlik elementlarini, xususan chegirma mexanizmlarini joriy etish mijozlar sodiqligini oshirish, savdo hajmini barqarorlashtirish hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishi asoslab berilgan. Tadqiqot kichik biznes subyektlari uchun ijtimoiy yo‘naltirilgan biznes modelining amaliy ahamiyatini yoritadi va uning barqaror rivojlanishga qo‘shadigan hissasini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references