Skip to main content
Article

FAVQULODDA VAZIYATLARDA METABOLIK STRESS, IMMUN JAVOB VA NUTRIYENT GOMEOSTAZI: MOLEKULYAR VA TRANSLATSION NUTRITSIOLOGIYA KONSEPSIYASI

ABI

Abstract

Annotatsiya. Metabolik stress organizmning gipermetabolizm, katabolizm va tizimli yallig‘lanish bilan xarakterlanuvchi kompleks adaptiv javobidir. So‘nggi yillarda molekulyar biologiya, immunometabolizm va nutrigenomika sohasidagi yutuqlar metabolik va immun jarayonlarning yagona integratsiyalashgan patofiziologik tizim sifatida faoliyat yuritishini ko‘rsatmoqda. Ushbu maqola metabolik stress, oksidativ muvozanat, mineral homeostaz, epigenetik modifikatsiyalar va aniqlashtirilgan (precision) ovqatlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tizimli tahlil qiladi. Maqolada mTOR, GCN2, Nrf2–Keap1 signal yo‘llari, mitoxondrial disfunktsiya, immun hujayralarning metabolik qayta dasturlanishi hamda CD4⁺ T-limfotsitlar metabolizmining neyroimmun mexanizmlari yoritiladi. Natijalar klinik amaliyotda individual redoks profiling, nutrigenetik stratifikatsiya va translatsion nutritsiologiya modelini ishlab chiqish zarurligini asoslaydi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references