ALIMENTAR SEMIZLIKNI BIOIMPEDANSIMETRIK USULDA GIGIYENIK BAHOLASH
Abstract
Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda alimentar semizlikni bioimpedansimetrik usul yordamida gigiyenik baholash bo‘yicha ilmiy manbalarning tahlil olib borilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi bioimpedansimetriya usuli orqali inson organizmi tana tarkibi ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda alimentar semizlikni gigiyenik jihatdan baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida bioimpedansimetrik apparatlar yordamida tana vazni, tana yog‘i miqdori, mushak massasi va organizmdagi suv miqdori kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. Olingan natijalar asosida alimentar semizlikning organizmga ta’siri tahlil qilindi hamda tana tarkibidagi o‘zgarishlarning gigiyenik ahamiyati baholandi. Tadqiqot natijalari bioimpedansimetriya usulining semizlikni aniqlash, organizmning tana tarkibini baholash va profilaktik choralarni ishlab chiqishda samarali usul ekanligini ko‘rsatadi.
Not yet translated