AYOL IJODKORLAR LIRIKASIDA AN'ANAVIY OBRAZLAR TRANSFORMATSIYASI
Gulnoza OripovaFergana State University
ABI
Abstract
Maqolada o‘zbek ayol shoiralari ijodida an’anaviy obrazlarning badiiy transformatsiyasi va ularning o‘ziga xos talqinlari tadqiq etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida daraxt obrazining Zulfiya, Halima Xudoyberdiyeva va Enaxon Siddiqova she’riyatidagi poyetik funksiyalari tahlil qilingan. Muallif an’anaviy mifologik asoslarga ega bo‘lgan daraxt timsolining zamonaviy lirikada lirik qahramon ruhiyati, sadoqat, vatanparvarlik va ayol qismati bilan bog‘liq holda yangilanish jarayonlarini yoritib bergan. Maqolada struktural-poetik, germenevtik va qiyosiy-tahlil metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, badiiy obrazning inson psixologiyasi bilan bog‘liqligi parallelizm tamoyili asosida ko‘rsatib berilgan.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon