MAHSULOT TANNARXINING IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDAGI MAZMUNI VA UNI NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada mahsulot tannarxi iqtisodiy kategoriya sifatida tizimli ravishda tahlil qilinadi hamda uning mazmun-mohiyati, tarkibi va funksiyalari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan asoslab beriladi. Tadqiqotda tannarxning ishlab chiqarish va sotish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi, uning narx, foyda va rentabellik ko‘rsatkic hlari bilan o‘zaro aloqasi ochib beriladi. Shuningdek, mahsulot tannarxini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, jumladan, xarajatlarni optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish, boshqaruv hisobini takomillashtirish va strategik xarajatlar menejmenti usullarining nazariy asoslari yoritiladi. Maqolada tannarxni pasaytirish orqali korxona raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslanadi.
Not yet translated