O'quvchilarda emotsional barqarorlikni mustahkamlashda maktab psixologining psixoprofilaktik faoliyati
Abstract
Ushbu maqolada o‘quvchilarda emotsional barqarorlikni mustahkamlashda maktab psixologining psixoprofilaktik faoliyati, uning mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati yoritiladi. Zamonaviy ta’lim muhitida o‘quvchilarning emotsional holati ularning o‘quv faoliyati, ijtimoiy moslashuvi va shaxsiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, maktab psixologining psixoprofilaktik faoliyati stress, xavotir, agressiya va emotsional beqarorlikning oldini olishga qaratilgan tizimli yondashuv sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada psixoprofilaktik ishlarning asosiy yo‘nalishlari, jumladan diagnostika, individual va guruhiy maslahatlar, treninglar hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda emotsional barqarorlikni shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan dolzarb muammolar va ularning yechimlari ham ko‘rib chiqiladi.
Not yet translated