Fanlararo loyihalar asosida ta'limni tashkil etishda xorijiy tajriba: STEM, STEAM va phenomenon-based learning yondashuvlari
Abstract
Bu maqolada fanlararo loyihalar asosida ta’limni tashkil etishda rivojlangan davlatlarning tajribasi — STEM, STEAM va phenomenon-based learning yondashuvlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda AQShda shakllangan STEM va STEAM modellarining nazariy asoslari, didaktik xususiyatlari va amaliy qo‘llanilishi, Finlyandiya tomonidan ishlab chiqqan hodisaga asoslangan o‘qitish (phenomenon-based learning) yondashuvining o‘ziga xos tamoyillari o‘rganilgan. Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Buyuk Britaniyaning fanlararo loyihalar bo‘yicha tajribasi tahlilga jalb qilingan. Xorijiy tajribalarning qiyosiy tahlili asosida beshta umumiy didaktik tamoyil aniqlangan. Tadqiqotimiz natijalari asosida bu yondashuvlarni O‘zbekistonga tatbiq etish imkoniyatlari asoslangan va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Not yet translated