Kompetensiyaviy yondashuv asosida ta'limni tashkil etishda xorijiy tajriba va uning O'zbekistonga tatbiq etish imkoniyatlari
Abstract
Bu maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’limni tashkil etishda rivojlangan davlatlarning tajribasi qiyosiy tahlil qilingan va uning O‘zbekistonga tatbiq etish imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqotda AQSh (P21 modeli, Common Core, STEM/STEAM), Buyuk Britaniya (National Curriculum), Finlyandiya (hodisaga asoslangan o‘qitish), Germaniya (Bildungsstandards, dual tizim), Yaponiya (“ikiru chikara” konsepsiyasi), Janubiy Koreya (ijodiy konvergentsiya), Singapur (21CC framework) ta’lim tajribasi o‘rganilgan. OECD PISA, TIMSS va PIRLS kabi xalqaro baholash tizimlarining kompetensiyaviy ta’limdagi o‘rni aniqlangan. Tadqiqotimiz natijalari asosida O‘zbekistonda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xulosada xorijiy tajribani nusxa ko‘chirish emas, balki milliy-ma’naviy qadriyatlar bilan birlashtirgan holda ijodiy qayta ishlash zarurligi asoslangan.
Not yet translated