Skip to main content
Article

SAIDA ZUNUNOVA IJODIDA ANTONIMLAR VA SINONIMLARNING QÒLLANISHI

ABI

Abstract

: Ushbu ilmiy ishda Saida Zunnunova ijodida antonimlar va sinonimlarning qo‘llanish xususiyatlari lingvopoetik va stilistik jihatdan tahlil qilinadi. Shoira ijodida til birliklarining o‘zaro qarama-qarshi (antonimlar) va ma’nodosh (sinonimlar) munosabatda kelishi badiiy ifodaning kuchayishiga xizmat qilishi asoslab beriladi. Antonimlar orqali hayot va o‘lim, baxt va qayg‘u, yorug‘lik va zulmat kabi qarama-qarshi tushunchalar poetik kontrast hosil qiladi hamda matnning emotsional ta’sirini oshiradi. Sinonimlar esa takrorlarning oldini olib, ifodaning boyligi va rang-barangligini ta’minlaydi. Tadqiqotda shoira she’rlari misolida sinonimik qatorlarning semantik nozikliklari, ularning kontekstual ma’nosi va estetik vazifasi ochib beriladi. Antonimik juftliklar esa fikrni kuchaytirish, dramatizm yaratish va falsafiy umumlashmalar berishda muhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Zunnunova uslubida leksik tanlovning individual xususiyatlari ham yoritiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references