ANVAR OBIDJON IJODIDA FONETIK TAHLIL
Abstract
Anvar Obidjon ijodining fonetik xususiyatlari lingvopoetik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoir asarlarida tovush uyg‘unligi, alliteratsiya, assonans, ritm va intonatsiyaning badiiy-estetik vazifalari yoritiladi. Anvar Obidjon ijodi, ayniqsa bolalar adabiyoti kontekstida, fonetik vositalarning ta’sirchanlikni oshiruvchi muhim omil ekanini ko‘rsatadi. Maqolada shoir she’riyatida tovushlarning takrorlanishi orqali hosil bo‘ladigan musiqiylik, ohangdorlik va emotsional ifoda imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, fonetik birliklarning obraz yaratishdagi o‘rni, nutqning ritmik tuzilishi hamda ma’no kuchaytirishdagi funksiyasi aniqlanadi. Tadqiqot davomida fonetik vositalarning nafaqat lingvistik birlik, balki badiiy-estetik vosita sifatida ham xizmat qilishi asoslab beriladi.
Not yet translated