MUHAMMAD YUSUF LIRIKASIDA KÓP MA'NOLI SOʻZLAR
Abstract
: Oʻzbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Muhammad Yusuf lirikasida qoʻllanilgan koʻp ma'noli soʻzlar (polisemiya hodisasi) lingvistik va badiiy jihatdan tahlil qilinadi. Shoir ijodida soʻzning ko‘p qatlamli ma'no imkoniyatlaridan foydalanish orqali she'rlarning ifodaviyligi, emotsionalligi va badiiy ta'sir kuchi oshirilganligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot jarayonida Muhammad Yusuf she'rlarida uchraydigan ayrim leksik birliklarning kontekstga qarab turli ma'nolarda qo‘llanishi, ularning poetik vazifasi hamda estetik ahamiyati ochib beriladi. Koʻp ma'noli soʻzlar orqali shoir oddiy hayotiy tasvirlarni chuqur falsafiy mazmun bilan boyitganligi, milliy ruh va xalqona ohangni kuchaytirganligi tahlil qilinadi. Shuningdek, polisemiya hodisasi she'riy matnda obrazlilikni yaratish, yashirin ma'nolarni ifodalash va o‘quvchi tafakkurini faollashtirish vositasi sifatida xizmat qilishi ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada Muhammad Yusuf lirikasining leksik-semantik xususiyatlari umumiy tilshunoslik nazariyalari bilan bog‘langan holda tahlil qilinib, shoir uslubining o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Natijada, ko‘p ma'noli soʻzlar Muhammad Yusuf she'riyatida badiiy ifodaning muhim unsurlaridan biri ekanligi asoslab beriladi.
Not yet translated