Skip to main content
Article

STABLECOINLARNING HUQUQIY TABIATIGA DOIR ILMIY QARASHLAR

ABI

Abstract

Mazkur tadqiqot stablecoinlarning huquqiy tabiatiga doir mavjud ilmiy qarashlarni kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda stablecoinlarning yagona universal huquqiy yondashuvi shakllanmaganligi, bu esa ularning xilma-xil turlari, iqtisodiy mohiyati va turli yurisdiktsiyalarda turlicha talqin qilinishi bilan izohlanishi asoslab beriladi. Tadqiqotda stablecoinlarning ko‘p funksiyali xususiyati, ya’ni qiymatni saqlash, hisob birligi va to‘lov vositasi sifatida amal qilishi ularning huquqiy maqomini aniqlashni murakkablashtirishi ko‘rsatib o‘tiladi. Ishda stablecoinlarning huquqiy tabiati bo‘yicha asosiy nazariy yondashuvlar, jumladan ularni mulkiy aktiv, emitentga nisbatan talab huquqi, elektron pul, kriptoaktiv yoki to‘lov vositasi sifatida talqin qiluvchi konsepsiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ilmiy qarashlarda stablecoinlar murakkab gibrid huquqiy obyekt sifatida baholanib, ularning bir vaqtning o‘zida mulk, majburiyat, moliyaviy instrument va texnologik mahsulot xususiyatlarini o‘zida mujassam etishi asoslab beriladi.Tadqiqotda milliy va xalqaro tajriba, xususan Yevropa Ittifoqining kriptoaktivlar bozorini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlari misolida stablecoinlarning huquqiy maqomi va tartibga solish modellari yoritiladi. Natijada, stablecoinlarning huquqiy tabiati multidimenzion va kompleks ekanligi, ularni samarali tartibga solish uchun yangi huquqiy institutlar va moslashuvchan yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi asoslab beriladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references