Skip to main content
Article

XOMILADOR AYOLLARDA VITAMIN D QO'LLANILISHINING YANGI TUG'ILGAN CHAQALOQLARDA RESPIRATOR DISTRESS SINDROMINI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI

ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqola xomilador ayollarda vitamin D qo‘llanilishining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromi (RDS) rivojlanishining oldini olishdagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda vitamin D ning ona va homila organizmidagi fiziologik roli, ayniqsa o‘pka rivojlanishi, surfaktant sintezi va immun tizim shakllanishiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilindi. Zamonaviy klinik kuzatuvlar va epidemiologik ma’lumotlar asosida vitamin D yetishmovchiligi chaqaloqlarda RDS rivojlanish xavfini oshiruvchi muhim omillardan biri ekanligi ko‘rsatildi. Ilmiy dalillar shuni tasdiqlaydiki, vitamin D alveolyar hujayralarning differensiasiyasi va surfaktant ishlab chiqarilishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu moddaning yetarli darajada bo‘lishi o‘pkaning tug‘ilish vaqtiga tayyorligini oshirib, nafas yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, vitamin D yetishmovchiligi kuzatilgan homilador ayollarda tug‘ilgan chaqaloqlarda RDS rivojlanish ehtimoli sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, homilador ayollar orasida vitamin D yetishmovchiligi keng tarqalgan bo‘lib, bu neonatal asoratlar, jumladan respirator muammolar bilan bog‘liq. Shu sababli profilaktik qo‘llash muhim ahamiyatga ega.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references