"HALIMA XUDOYBERDIYEVA IJODI VA POETIK MAHORATI MAVZUSINI O'QITISHDA SUN'IY INTELLEKT HAMDA INNOVATSION VOSITALARDAN FOYDALANISH" (CHATGPT, QUIZLET, KAHOOT, QUZIZZ, PLICKERS, MENTIMETER, WORDWALL, AHASLIDES, CLASSPOINT, GAMMA, GOOGLE CLASSROOM VA GOOGLE FORMS)
Abstract
Ushbu tadqiqot ishida Halima Xudoyberdiyeva she’riyati asosida 9-sinf o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt (AI) vositalaridan foydalangan holda interaktiv metodik tavsiya ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi. Ishning maqsadi o‘quvchilarda she’riy matnlarni chuqur tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, badiiy tafakkur va ijodiy fikrlashni shakllantirishdir. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik metodlar: klaster, insert, rolga kirish, muammoli savollar va interfaol munozara sun’iy intellekt (AI) yordamida o‘quvchilarga samarali yetkazish yo‘llari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ChatGPT kabi sun’iy intellekt vositalari metodik tavsiya, test savollar, topshiriqlar va dars rejasini tayyorlashda qanday qo‘llanishi ko‘rsatib beriladi. Ish natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt AI yordamida tayyorlangan metodik tavsiyalar o‘quvchilarning matnni anglash darajasini oshiradi, o‘quv jarayonini interaktiv va qiziqarli qiladi hamda Halima Xudoyberdiyeva she’riyatini milliy qadriyatlar va ayol obrazlari kontekstida samarali o‘rgatishga imkon beradi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, u zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellekt (AI) vositalaridan foydalangan holda badiiy adabiyot darslarini rejalashtirish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni shakllantiradi.
Not yet translated