OLIY TA'LIMDA FIZIKA O'QITISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA ROBOTOTEXNIKANING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida fizika fanini o'qitishdagi hozirgi muammolar – motivatsiya pasaylishi, nazariy va amaliy bilimlar orasidagi uzilib qolish, an'anaviy laboratoriya uskunalari eskirishi va o'quvchilarda tanqidiy tafakkurning yetarlicha rivojlanmasligi – tizimli ravishda tahlil qilinadi. Shu bilan birga, zamonaviy robototexnika vositalarini (Arduino, Raspberry Pi, LEGO Mindstorms EV3) fizika darslarida didaktik manba sifatida qo'llashning ilmiy-amaliy asoslari o'rganiladi. 240 ta talaba ishtirokidagi kvazieksperimental tadqiqot natijalari ko'rsatdiki, robototexnika asosida tashkil etilgan fizika o'quv jarayoni o'quv motivatsiyasini 38%, kontseptual tushunishni 29% va amaliy muammolarni hal qilish ko'nikmalarini 34% ga oshiradi. Maqolada kontseptual model va dars ishlanmalariga oid metodologik tavsiyalar keltirilgan.
Not yet translated