Skip to main content
Article

HANAFIY MAZHABIDA FAOLIYAT OLIB BORGAN FAQIHLARNING TABAQALARI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada hanafiy mazhabida faoliyat olib borgan faqihlarning tabaqalari, ularning ilmiy darajalari hamda fiqh ilmi rivojidagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida hanafiy mazhabi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan faqihlar tasnifi, xususan Ibn Kamol Poshsho tomonidan keltirilgan tabaqot tizimi ilmiy jihatdan o‘rganildi. Shuningdek, Valiyyulloh Dehlaviy va Muhammad Abu Zahra tomonidan ilgari surilgan tasniflar ham qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida faqihlarni tabaqalarga ajratish ularning ijtihod darajasi, fiqhiy masalalarni hal qilish salohiyati hamda rivoyatlar o‘rtasini ajrata olish qobiliyatiga asoslanishi lozimligi aniqlandi. Mazkur tadqiqot hanafiy fiqh maktabining ilmiy rivojlanish bosqichlarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references