ALGORITMLAR VA HISOBLASH MASALALARIDA BINOM KOEFFITSIYENTLARINING O'RNI
Abstract
Mazkur maqolada binom koeffitsiyentlarining algoritmlar va hisoblash masalalaridagi o‘rni tahlil etilgan. Unda binom koeffitsiyentlarining kombinatorik hisoblashlar, diskret strukturalar va optimallashtirish masalalaridagi ahamiyati yoritilgan.Shuningdek, binom koeffitsiyentlarini samarali hisoblash usullari — Pascal uchburchagi, rekursiv formulalar va dinamik dasturlash yondashuvlari ko‘rib chiqilib, ularning hisoblash murakkabligini kamaytirishdagi roli asoslab berilgan. Katta o‘lchamli masalalarda an’anaviy faktorial formulalarga nisbatan ushbu usullarning ustunligi ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada binom koeffitsiyentlarining algoritmlar nazariyasida, xususan rekursiv jarayonlarni tahlil qilish, kombinatorik obyektlar sonini aniqlash hamda modulli arifmetika bilan bog‘liq hisoblashlarda qo‘llanishi ham muhokama qilingan. Ushbu ish binom koeffitsiyentlarining zamonaviy hisoblash matematikasi va algoritmlar ishlab chiqishdagi muhim o‘rnini ochib berishga qaratilgan.
Not yet translated