Skip to main content
Article

O'ZBEKISTONDA INKLYUZIV SUG'URTA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

ABI

Abstract

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini chuqurlashtirish va moliyaviy sektorni modernizatsiya qilish jarayonida sug‘urta tizimini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Sug‘urta iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlovchi, risklarni taqsimlovchi va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlovchi muhim moliyaviy institut sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, global iqtisodiy beqarorlik, inflyatsion bosimlar, iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar va sog‘liq bilan bog‘liq xavflar ortib borayotgan sharoitda sug‘urta mexanizmlarining ahamiyati yanada kuchaymoqda. Shu nuqtai nazardan, aholining barcha qatlamlarini sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olishga qaratilgan inklyuziv sug‘urta tizimini rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references