FAVQULODDA HOLATLARDA XAVFSIZLIK UNING FUNKSIONAL VA HUDUDIY TIZIM OSTILARINI BARTARAF QILISH VA OGOHLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqola favqulodda holatlar zamonaviy jamiyat taraqqiyotining ajralmas, biroq murakkab va xavfli omillaridan biri hisoblanadi. Texnogen, tabiiy hamda ijtimoiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning ortib borishi inson hayoti, sog‘ligi, atrof-muhit va iqtisodiy barqarorlikka jiddiy tahdid solmoqda. Shu nuqtai nazardan, favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta’minlash, ularni oldindan ogohlantirish va oqibatlarini samarali bartaraf etish masalalari davlat siyosati darajasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish tizimi o‘zining murakkab tuzilishi bilan ajralib turadi va u funksional hamda hududiy tizim ostilaridan tashkil topgan yagona integratsiyalashgan mexanizmni ifodalaydi. Funksional tizim ostilari muayyan sohalar kesimida (masalan, sanoat, energetika, transport, sog‘liqni saqlash) xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, hududiy tizim ostilari esa ma’muriy-hududiy birliklar doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga xizmat qiladi. Ushbu ikki tizimning o‘zaro uyg‘un va muvofiqlashtirilgan faoliyati favqulodda holatlarda tezkor va samarali choralar ko‘rish imkonini beradi. Mazkur maqolada favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta’minlashning nazariy va amaliy asoslari, xususan, funksional va hududiy tizim ostilarining o‘rni, ularning o‘zaro hamkorligi, shuningdek favqulodda vaziyatlarni ogohlantirish va bartaraf etish mexanizmlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu orqali mavjud tizimlarning samaradorligini oshirish hamda xavfsizlikni ta’minlashning takomillashtirilgan yondashuvlarini ishlab chiqish masalalari yoritib beriladi.
Not yet translated