Skip to main content
Article

TARMOQ TRAFIGINI BASHORAT QILISHDA MACHINE LEARNING ALGORITMLARI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarida yuzaga keladigan trafik hajmini bashorat qilishda Machine Learning algoritmlarining qo‘llanilishi tahlil qilingan. Zamonaviy tarmoqlarda ma’lumotlar oqimining keskin ortishi tarmoq resurslarini samarali boshqarish, yuklamalarni optimallashtirish va xavfsizlikni ta’minlash zaruratini kuchaytirmoqda. Maqolada tarmoq trafigini prognozlashning nazariy asoslari, bashoratlash jarayonida qo‘llaniladigan asosiy mashinaviy o‘rganish algoritmlarining imkoniyatlari hamda ularning tarmoq monitoringi va boshqaruvidagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, trafikni oldindan bashorat qilish orqali tarmoq samaradorligini oshirish va nosozliklarning oldini olish imkoniyatlari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari Machine Learning texnologiyalarining tarmoq infratuzilmasini intellektual boshqarishda muhim o‘rin egallashini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references