SURXONDARYODA MAHALLIY KADRLAR SALOHIYATINI YUZAGA CHIQARISHDA MARKAZIY HOKIMIYAT STRATEGIYASI
Abstract
Ushbu tadqiqotda 1920–1990-yillar davomida Surxondaryo vohasida yuritilgan kadrlar siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari arxiv hujjatlari asosida ilmiy tahlil qilingan. Maqolada Ittifoq markazi tomonidan mutaxassislarning jalb etilishi, kadrlar rotatsiyasidagi tizimli muammolar va mahalliy sharoitga moslashish jarayonlari yoritiladi. Kadrlar strategiyasining mintaqa iqtisodiyoti uchun samaradorligi hamda mahalliy kadrlar salohiyatini cheklagan ziddiyatli jihatlari tarixshunoslik nuqtayi nazaridan baholangan. Xususan, Termiz qishloq xo‘jaligi texnikumining mutaxassislar tayyorlashdagi o‘rni va paxtachilik tarmog‘idagi statistik tahlillar asosida, mahalliy boshqaruv zaxirasining faqat 1980-yillarga kelibgina shakllangani isbotlangan.
Not yet translated