TRANSPORT MARSHRUTLARINI OPTIMALLASHTIRISH: MUAMMOLAR, MODELLAR VA ZAMONAVIY ALGORITMIK YECHIMLAR
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy logistika va ta'minot zanjirini boshqarishdagi eng muhim masalalardan biri – transport marshrutlarini optimallashtirish muammosi tadqiq etilgan. Maqolada transport xarajatlarini kamaytirish, yetkazib berish vaqtini qisqartirish va ekologik zararni minimallashtirish maqsadida qo'llaniladigan matematik modellar va algoritmik yechimlar tahlil qilinadi. Xususan, tijorat sayohatchisi muammosi (TSP) va transport vositalarini marshrutlash muammosi (VRP) kabi klassik masalalarning mohiyati yoritilib, ularni hal etishda aniq usullar hamda zamonaviy meta-evristik algoritmlar (genetik algoritmlar, chumolilar koloniyasi algoritmi) solishtirilgan. Shuningdek, axborot texnologiyalari, jumladan GPS va sun'iy intellektning marshrutlarni dinamik optimallashtirishdagi o'rni baholanib, O'zbekiston transport tizimiga joriy etish istiqbollari bo'yicha xulosalar berilgan.
Not yet translated