OLIY O'QUV YURTI RAHBARLARINING KOMMUNIKATIV-LIDERLIK FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRISH: FAOLIYAT SOHALARI, SHAKLLARI VA PSIXOLOGIK OMILLAR
Abstract
OLIY O‘QUV YURTI RAHBARLARINING KOMMUNIKATIV-LIDERLIK FUNKSIYALARINI AMALGA OSHIRISH: FAOLIYAT SOHALARI, SHAKLLARI VA PSIXOLOGIK OMILLAR Egamov Jo‘shqin Jumanazar o‘g‘li (PhD), dotsent v.b., Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori https://doi.org/10.5281/zenodo.20196485 Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy o‘quv yurti rahbarlarining kommunikativ-liderlik funksiyalarini amalga oshirish jarayonlari, ularning asosiy faoliyat sohalari, boshqaruv shakllari hamda psixologik omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kommunikativ-liderlikning strategik boshqaruv, motivatsiya, jamoa bilan ishlash, qarorlar qabul qilish va samarali kommunikatsiyani tashkil etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, demokratik, avtoritar va liberal liderlik shakllarining o‘ziga xos jihatlari hamda ularning ta'lim tizimidagi amaliy samaradorligi ochib berilgan. Oliy ta'lim muassasalari rahbarlarining kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda psixologik-pedagogik yondashuvlar, jamoaviy hamkorlik va innovatsion boshqaruv mexanizmlarining roli asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: kommunikativ-liderlik, oliy ta'lim, rahbar kompetensiyasi, strategik boshqaruv, motivatsiya, kommunikativ malaka, psixologik omillar, demokratik liderlik, jamoaviy hamkorlik.
Not yet translated