Haqiqat siniqlari: Amir Temur va Bibixonim oʻrtasidagi sirli munosabat
Abstract
Mazkur maqolada Amir Temur va Saroy Mulkxonim (Bibixonim) o‘rtasidagi munosabatlar tarixiy va badiiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Temur tuzuklari”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari, Xurshid Davronning “Bibixonim qissasi” hamda 1996 yildagi temurshunoslikka oid ilmiy maqola va tezislar qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Maqolada tarixiy haqiqat va badiiy talqin o‘rtasidagi farqlar aniqlanib, Saroy Mulkxonimning Temur saltanatidagi siyosiy va ma’naviy mavqei yoritilgan. Shuningdek, Bibixonim obrazi xalq og‘zaki ijodi va adabiy manbalarda qanday romantiklashtirilgani tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari Amir Temur shaxsiyati va uning saroy muhiti o‘rtasidagi murakkab bog‘liqlikni chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Kelgusida ushbu mavzuni xorijiy manbalar asosida qiyosiy o‘rganish ilmiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.
Not yet translated