MAKTABGACHA VA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KICHIK MOTORIKA, HARAKAT KOORDINATSIYASI VA JISMONIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda kichik motorika, harakat koordinatsiyasi va jismoniy faollikni rivojlantirish metodikasi tahlil qilingan. Amaliyotda bolalar jismoniy tarbiyasida ko‘proq yugurish, sakrash, uloqtirish, muvozanat saqlash kabi katta motorika mashqlariga e’tibor qaratiladi. Biroq barmoqlar, kaft, bilak va qo‘l panjasi harakatlarini maqsadli rivojlantirish yetarli darajada tizimli yo‘lga qo‘yilmasa, bolaning yozuvga tayyorgarligi, ko‘z-qo‘l koordinatsiyasi, diqqat, nutqiy faollik va psixomotor rivojlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Maqolada o‘yin metodi, ko‘rsatib berish metodi, og‘zaki tushuntirish metodi, takroriy mashq metodi, predmetli mashqlar metodi, musobaqa metodi, individual yondashuv, guruhli ishlash, ko‘rgazmali metod, ritmik mashqlar, muammoli vaziyat va integratsion metodlardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.
Not yet translated