KONFESSIYALARARO MUNOSABATLARNING TARIXIY SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada konfessiyalararo munosabatlarning tarixiy shakllanish bosqichlari hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida qadimgi davrlardan boshlab turli din va konfessiyalar oʻrtasidagi aloqalar, ularning shakllanish omillari hamda tarixiy rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Xususan, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik va islom dinining tarqalishi hamda ularning oʻzaro munosabatlari tarixiy manbalar asosida ochib beriladi. Shuningdek, oʻrta asrlarda diniy bagʻrikenglik an'analari, mustamlakachilik davridagi diniy siyosat va mustaqillik yillarida konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan islohotlar tahlil qilinadi.
Not yet translated