Skip to main content
Article

BARQAROR QUYOSH ENERGIYASI UCHUN EKOLOGIK XAVFSIZ YARIMO'TKAZGICH MATERIALLAR KIMYOSI

ABI

Abstract

Ushbu maqolada barqaror quyosh energiyasini rivojlantirishda ekologik xavfsiz yarimo‘tkazgich materiallarning kimyoviy ahamiyati yoritiladi. Quyosh elementlari elektr energiyasini toza va qayta tiklanuvchi manbadan olish imkonini beradi, ammo ularning samaradorligi, narxi, xomashyo bazasi va ekologik xavfsizligi ishlatiladigan yarimo‘tkazgich materiallar kimyosiga bevosita bog‘liq. Maqolada kremniy, kesterit, organik yarimo‘tkazgichlar, qo‘rg‘oshinsiz perovskitlar, metall oksidlari va boshqa istiqbolli materiallar tahlil qilinadi. Ayniqsa, zaharli elementlarni kamaytirish, yerda ko‘p uchraydigan elementlardan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarida energiya sarfini pasaytirish va chiqindilarni kamaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references