Barometrik formulani analitik (differensial tenglamalar asosida) chiqarish metodi va uning fizik mohiyati
Abstract
Ushbu tezisda atmosfera bosimining balandlikka bog'liq ravishda o'zgarish qonuniyati - barometrik formula differensial tenglamalar asosida analitik usul yordamida chiqariladi. Ish jarayonida atmosferaning gidrostatik muvozanat holati tahlil qilinib, bosim, zichlik va harorat o'rtasidagi bog'lanish ideal gaz tenglamasi orqali asoslab beriladi. Differensial tenglama tuzilib, o'zgaruvchilarni ajratish va integrallash usullari orqali yechim olinadi hamda barometrik formula eksponensial ko'rinishda hosil qilinadi. Shuningdek, formulada ishtirok etuvchi fizik kattaliklarning mazmuni, ularning o'zaro bog'liqligi va atmosferadagi real jarayonlarga mosligi keng yoritiladi. Barometrik formulani qo'llash chegaralari, ya'ni haroratning o'zgarmas deb olinishi va atmosferaning ideal gaz sifatida qaralishi kabi farazlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari atmosfera bosimining balandlik oshishi bilan kamayishining fizik mohiyatini chuqurroq anglash imkonini beradi. Ushbu formula meteorologiya, aviatsiya, geofizika hamda harbiy-amaliy hisob-kitoblarda muhim ahamiyatga ega bo'lib, balandlikni aniqlash va atmosfera parametrlarini baholashda keng qo'llaniladi.
Not yet translated