SIFAT NAZORATINING STATISTIK USULLARI
Abstract
Sifatni statistik nazorat qilish usullari orasida sifat nazoratining yetti asosiy usuli eng keng tarqalgan hisoblanadi. Pareto diagrammasi turli nuqsonlar tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar yig‘indisini ko‘rgazmali tarzda tasvirlash imkonini beradi. Isikava diagrammasi o‘rganilayotgan vaziyat yoki muammoda omillar va natijalar o‘rtasidagi eng muhim sabab-oqibat bog‘liqliklarini o‘rganish hamda aniqlashga xizmat qiluvchi grafik usuldir. Eng oddiy statistik usullardan biri stratifikatsiya usuli hisoblanadi. Ushbu usulga ko‘ra, ma’lumotlar ko‘p qatlamli deb qaraladi, ya’ni ma’lumotlar ularni olish sharoitlariga qarab ikki yoki undan ortiq guruhlarga ajratiladi va har bir guruh alohida qayta ishlanadi.
Not yet translated