TIBBIY MONITORING TIZIMLARINING ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Abstract
Mazkur maqolada tibbiy monitoring tizimlarining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, ularning sog‘liqni saqlash tizimidagi ahamiyati va qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Xususan, real vaqt rejimida bemor holatini kuzatish imkonini beruvchi aqlli qurilmalar, biosignal asosida ishlovchi monitoring tizimlari, masofaviy tibbiy nazorat (telemonitoring) hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy monitoring tizimlarining samaradorligi, aniqligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar yoritiladi. Maqolada ushbu tizimlarning tibbiyot amaliyotiga joriy etilishi natijasida diagnostika va davolash jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlari ochib beriladi.
Not yet translated