Skip to main content
Article

GAZ INFRATUZILMASIDA OB-HAVO ANOMALIYALARINI ANIQLASH ALGORITMI VA UNI TARIXIY AVARIYA MA'LUMOTLARI BILAN SOLISHTIRISH USULI

Akbar RashidovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
ABI

Abstract

Ushbu tadqiqotda magistral gaz quvurlari va taqsimlash tarmoqlari infratuzilmasiga ta’sir qiluvchi noqulay meteorologik hodisalarni avtomatik aniqlash hamda ularni xavf darajasi nuqtayi nazaridan tarixiy avariya yozuvlari bilan kontekstli solishtirishga mo‘ljallangan algoritm taqdim etiladi. Taklif qilingan yondashuv O‘zbekiston Respublikasining mintaqaviy iqlim heterogenligini hisobga olgan holda uch yillik retrospektiv kuzatuvlar asosida har bir hudud uchun parametrlangan adaptiv chegaraviy qiymatlarni shakllantiradi va ETCCDI (Expert Team on Climate Change Detection and Indices) tomonidan tavsiya qilingan persentil-asosli ekstremallik indekslari ramkasiga moslashtiriladi. Algoritm soatlik kuzatuv qatorlarini kunlik agregatlarga keltiradi va to‘rt sinfdagi anomaliyalarni — temperaturaning keskin oshishi va tushishi, intensiv yog‘ingarchilik hamda kuchli shamol — bosqichli filtrlash orqali aniqlaydi. Yolg‘on pozitiv natijalarni minimallashtirish maqsadida zig-zag-effektni filtrlash va besh kunlik retrospektiv takrorlanish nazorati joriy etilgan. Aniqlangan har bir hodisa PHMSA (Pipeline and Hazardous Materials Safety Administration) ochiq bazasi yozuvlari bilan kosinus o‘xshashligi va Evklid masofasining vaznli kombinatsiyasi asosida solishtiriladi. O‘zbekistonning 13 ta hududi uchun 2021–2024 yillar oralig‘idagi ma’lumotlarda o‘tkazilgan tajriba algoritmning mintaqaviy iqlim farqlariga moslashuvchanligini va xavfli ob-havo hodisalarini ishonchli aniqlash imkoniyatini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references