ERKIN VOHIDOV IJODIDA NAVOIYNING NAFASI
Abstract
Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Erkin Vohidov ijodida mumtoz adabiyot, xususan, Alisher Navoiy poetik merosining ta’siri masalasi tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Erkin Vohidov she’riyatida Navoiyning g‘oyaviy-estetik qarashlari, badiiy tafakkuri va an’anaviy obrazlar tizimining namoyon bo‘lish shakllarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tahliliy, tarixiy-adabiy va poetik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijada Erkin Vohidov ijodida Navoiyga xos insonparvarlik, ma’naviy komillik, adolat va vatanparvarlik g‘oyalari zamonaviy poetik tafakkur asosida yangicha talqin etilgani ilmiy jihatdan asoslab berildi. Tadqiqot xulosalari o‘zbek adabiyoti tarixida mumtoz va zamonaviy adabiyot uzviyligini yoritishda hamda oliy ta’lim tizimida adabiyotshunoslik fanlarini o‘qitishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Not yet translated