ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINI EKSTREMIZM PROFILAKTIKASIGA TAYYORLASHDA INNOVATSION METODLAR: SIMULYATSIYA VA RAQAMLI TAHLIL AMALIYOTI
Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlashda situatsion kazuslar va simulyatsion markazlar imkoniyatlaridan foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish va raqamli muhitda ekstremizm belgilarini barvaqt aniqlash ko'nikmalarini shakllantirish usullari bayon qilingan. Globallashuv va ramanlashtirish sharoitida terrorizm va ekstremizm bilan bog'liq xavflar kiber makonga o'tmoqda. Mazkur maqolada ichki ishlar organlari xodimlarini ushbu tahdidlarga qarshi tayyorlashda zamonaviy pedagogik metodlar — situatsion kazuslar hamda simulyatsion markazlar imkoniyatlaridan foydalanish amaliyoti tahlil qilinadi. Xususan, interaktiv davlat xizmatlari orqali yig'iladigan shaxsga doir ma'lumotlarni noqonuniy manipulyatsiya qilish holatlarini barvaqt aniqlash va kiber-ekstremizm belgilarini vizual diagnostika qilish masalalari yoritilgan. Ta'lim jarayoni va tuman IIO FMB profilaktika bo'linmalari o'rtasidagi uzviy integratsiyani ta'minlashning ilmiy-amaliy ahamiyati ko'rsatib o'tilgan.
Not yet translated