UBAYDULLAXONNING MUHAMMAD SHAYBONIYXON HARBIY-SIYOSIY FAOLIYATIDAGI O'RNI
Abstract
Mazkur maqolada Ubaydullaxonning Muhammad Shayboniyxon harbiy-siyosiy faoliyatidagi o‘rni tadqiq etilgan. Ubaydullaxonning Shayboniyxon yurishlaridagi ishtiroki, Movarounnahr va Xuroson hududlarini egallashdagi harbiy faoliyati hamda Shayboniylar davlatining mustahkamlanishidagi xizmatlari birlamchi manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, uning Buxoro hokimi sifatidagi faoliyati, Safaviylar davlatiga qarshi kurashdagi ishtiroki va Shayboniylar siyosiy tizimidagi mavqei yoritilgan. Tadqiqot davomida “Tarixi Rashidiy”, “Abdullanoma”, “Boburnoma”, “Shayboniynoma” kabi muhim tarixiy manbalar hamda zamonaviy tadqiqotlar asosida Ubaydullaxonning harbiy iste’dodi va siyosiy faoliyati tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ubaydullaxon Shayboniylar davlatining harbiy-siyosiy qudratini mustahkamlashda muhim o‘rin tutgan davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida namoyon bo‘ladi.
Not yet translated