GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALARNING NOQONUNIY AYLANMASIGA QARSHI KURASHISHNING MA'MURIY-HUQUQIY VA PROFILAKTIK MASALALARI: BUGUNGI KUNDAGI DOLZARBLIK
Abstract
Annotatsiya Mazkur maqolada bugungi kunda jamiyat xavfsizligi va genofondiga jiddiy tahdid solayotgan giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Xususan, an'anaviy giyohvandlik vositalaridan sintetik turlarga o‘tish tendensiyalari, ularni tarqatishning "kontaktsiz" (internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali) usullari hamda ushbu huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlari (IIO), xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ma'muriy amaliyot bo‘linmalarining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ma'muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirishda amaliyotdagi muammolar va kadrlarni tayyorlashda situatsion kazuslardan foydalanish zarurati asoslangan.
Not yet translated