KIBERHUDUDDA KRIMINOGEN VAZIYAT BARQARORLIGINI TA'MINLASH: SINTETIK NARKOTIKLAR TARQALISHINING OLDINI OLISH MEXANIZMLARI
Abstract
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida kiberhududda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, xususan, sintetik giyohvandlik vositalarining yashirin tarqalishining oldini olish masalalari kompleks tadqiq etilgan. Giyohvandlik savdosining an'anaviy usullaridan "aloqasiz" (zakladka) va raqamli (Darknet, Telegram) usullariga oʻtish tendensiyalari tahlil qilinib, ushbu jarayonda kriminologik "Domino effekti"ning salbiy oqibatlari ochib berilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari (IIO) tomonidan amalga oshiriladigan tezkor-qidiruv profilaktikasi va ma'muriy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, kadrlar tayyorlashda innovatsion simulyatsiyalardan foydalanish boʻyicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
Not yet translated