ICHKI ISHLAR ORGANLARINING YO'L HARAKATI SOHASIDAGI MA'MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO'G'RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDAGI VAKOLATLARI
Abstract
Ushbu maqolada ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishdagi huquqiy maqomi va vakolatlari tahlil qilingan. Milliy qonunchilik va yillik statistik ma’lumotlar asosida ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish jarayonidagi amaliy muammolar, xususan, asossiz bayonnomalar rasmiylashtirilishi hamda dalillarga xolis baho berilmasligi sabablari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada hodisa joyini ko‘zdan kechirish, eksperiment o‘tkazish va ma’muriy ish yuritishni to‘xtatib turish kabi protsessual harakatlarning huquqiy asoslari qonunchilikda to‘liq belgilanmaganligi ko‘rsatib o‘tilgan va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ilgari surilgan.
Not yet translated