RAQAMLI JAMIYAT VA IJTIMOIY ONGNING OZGARISHI: "KO'RINISH UCHUN YAXSHILIK" FENOMENINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada raqamli jamiyat sharoitida ijtimoiy ong va axloqiy baholash mezonlarining transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida "ko'rinish uchun yaxshilik" fenomeni, ya'ni insonning axloqiy xatti-harakatlarini ommaviy namoyish va ijtimoiy e'tirof bilan bog'lash jarayoni turadi. Maqolada raqamli platformalar, sun'iy intellekt asosidagi algoritmlar va axborot makoni insonning ijtimoiy o'zini namoyish qilish shakllarini qanday o'zgartirayotgani ko'rib chiqiladi. Kant, Mill va Aristotelning axloqiy qarashlari asosida niyat, harakat va natija o'rtasidagi munosabat tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida raqamli jamiyatda axloqiylikning performativlashuvi va ijtimoiy ongning tashqi baholashga tobora ko'proq bog'lanib borayotgani asoslab beriladi.
Not yet translated